Yangi O‘zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, davlat inson uchun degan ezgu g‘oyani hayotga tadbiq etishni ko‘zda tutadi.
Mamlakatimizning keyingi 5 yilga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”ning 1-ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha elektron davlat xizmatlarining ulushini amaldagi 54%dan 100%ga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan. Bu bilan ortiqcha sarsongarchiliklarga chek qo‘yiladi, fuqarolarga qulaylik yaratiladi, qolaversa, jamoatchilik fikrini muntazam va ilmiy asoslangan holda tizimli o‘rganish yo‘lga qo‘yiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi”da Sotsiologiya institutini tashkil etish belgilab berildi. Bu institutning mas’ullaridan biri Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov “O‘zbekiston24” telekanalining “Tahlilnoma” ko‘rsatuvida ushbu institutning vazifalari xususida to‘xtatilib o‘tdi.
“Jamiyatni nima qiynayapti, qanday masalalar qiynayapti, odamlarning onggi qanday o‘zgaryapti bular bizning eng asosiy masalalarimiz. Bizga hozirda mana shu narsalarni doimiy tadqiqot qilib va davlat siyosatini shakllantirishda doimiy aloqani o‘rnatuvchi institut kerak.
Xuddi mana shu narsani davlatimiz rahbari tomonidan kengaytirilgan yig‘ilishda ham aytib o‘tilda va hozirda ishlar boshlab yuborilgan. Jamoat fikrini o‘rganish bazasida O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta Sotsiologiya instituti tashkil etiladi. Bu institut qilayotgan islohotlarimizning odamlarda qanday ta’surotlar uyg‘otayotgani, qanday qoniqish hosil qilayotganini o‘rganadi.
Keyingi 5 yilda eng asosiy narsa mana shu hisob-kitoblardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda YaIM hajmini 100 mlrd.dan oshirish va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmini 2800 dollarga yetkazish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan”, deydi markaz direktori.
Obid Hakimov nimalar hisobiga YaIM hajmi ko‘payishini quyidagicha izohladi:
“Har bitta rivojlanayotgan iqtisodiyot bor ekan, bu iqtisodiyotni oldinga tortadigan mehnat unumdorligining eng katta va eng o‘suvchan qismi - bu sanoat sohasidir. Sanoat sohasida mehnat unumdorligi eng tez o‘sadigan va katta o‘zgarish beradigan soha hisoblanadi.
Keyingi 5 yilda eng asosiy maqsadimiz, sanoatimizda ustuvor yo‘nalishlarni rivojlantirish orqali sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni 1,4 martaga oshirish reja qilib qo‘yilgan”.
Bu nimaning evaziga amalga oshadi?
“Bizning sanoatimizda to‘qimachilik klasterlari sanoat mahsulotlarining o‘sishida katta turtki bergan soha. Klaster tizimini xuddi shunday misni qayta ishlashga tadbiq qilish orqali 2026 yilga borib 8 mlrd.dollarlik mis mahsulotlarini ishlab chiqaradigan sanoat klaterlarini tashkil qilish reja qilingan. Masalan, aytaylik O‘zbekistonda dunyodagi sanoqli bo‘lgan mis rezerflari mavjud. Ushbu mis rezerflarini ishlash va buni qayta ishlash hamda uni qo‘shilgan qiymat zanjiri bo‘yicha ishlab chiqarishlarni tashkil qilish orqali biz mis sanoatida ham juda katta o‘zgarish qilish rejasini tuzganmiz”, deydi O.Hakimov.
Yangi O‘zbekistoning 2022–2026 yilga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi” inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiladi. Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi sifat bosqichiga ko‘taradi.
Izoh qoldirish