Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xususiy bandlik agentliklari tomonidan aldangan fuqarolar sonini ma’lum qildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xususiy bandlik agentliklari tomonidan aldangan fuqarolar sonini ma’lum qildi

Xususiy bandlik agentliklari 9338 nafar fuqarodan qariyb 79,1 mlrd so‘mni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib olgan. Bu haqda AOKA zalida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi:

Vazirlikning reyestridan 104 ta yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan, ulardan 75 tasiga xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziya berilgan.

O‘tgan davr mobaynida 55 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilinib, ularning soni bugungi kunda 20 tani tashkil etmoqda.

Bugungi kunda 11 ta XBAning 51 nafar rahbar va mas’ul xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar