Tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq to‘lanadi

Tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq to‘lanadi

Bugun, 20 iyul kuni yangi haftaning birinchi ish kunini erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahlilidan boshladi.

Xususan, Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bog‘liq holat hamda uni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar davlatimiz rahbari raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Tadbir ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, Prezidentimiz pandemiya bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolayotganini aytdi. Jumladan, oxirgi to‘rt kunda mamlakat bo‘yicha yangi aniqlangan 2 136 nafar bemorning 1 218 tasi (ya’ni, 57 foizi) poytaxtimiz va Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi.

Koronavirusga shubha bo‘lgan barcha bemorlarni infeksiya mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, zotiljam va nafas yetishmovchiligining klinik belgilari mavjudligiga asoslangan holda davolash muassasalariga qabul qilinishi belgilandi.

Toshkent shahrida mavjud 16 ta klinikaga qo‘shimcha COVID-19ga shubhali bemorlar uchun mo‘ljallangan yana 7 ta 850 o‘rinli “provizor” klinikalar tashkil qilindi. Ushbu klinikalarning tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq to‘lash masalasi hal qilindi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar