2020 yil 26-27 noyabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutida xalqaro tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha olimpiada – «XXI asrda Buyuk ipak yo‘li tibbiyoti: zamonaviy rivojlanish vektorlari» xalqaro onlayn olimpiadasi o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent davlat stomatologiya instituti matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu olimpiadada Fransiya, Koreya, Angliya, Yaponiya, Ispaniya, Chexiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izston, Ozarbaydjon, Ukraina davlatlarining 42 ta tibbiy oliy ta’lim muassasalarining davolash, stomatologiya, pediatriya va tibbiy – pedagogik ta’lim yo‘nalishlarining 250 ortiq talabasi ishtirok etdi.
Olimpiada musobaqalari OTM videotaqdimotlari, ilmiy-amaliy konferensiya, ijodiy konkurs, stomatologiya va davolash ishi, fundamental fanlar va virtual tibbiyot yo‘nalishlarini o‘z ichiga oldi.
Mutaxassisliklar bo‘yicha tanlovlar quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazildi:
Stomatologiya yo‘nalishida: ortopedik stomatologiya, jarrohlik stomatologiyasi, bolalar terapevtik stomatologiyasi va ortodontiya.
Davolash ishi yo‘nalishida: ichki kasalliklar, umumiy jarrohlik, otoloringologiya, dermatovenerologiya, oftalmologiya, asab kasalliklari yo‘nalishlarida kurash olib borildi.
Fundamental fanlardan: normal fiziologiya, topografik anatomiya, mikrobiologiya, gistologiya, kimyo, lotin tili fanlaridan o‘z bilimlarni sinab ko‘rishdi.
MDH davlatlari orasida ilk marotaba virtual stomatologiya yo‘nalishida musoboqalar tashkil etildi. Mazkur musobaqalar innovatsion 3D – simulyatorlarda o‘tkazib, dunyoning nufuzli OTM talabalari ishtirok etishdi. Xususan, Fransiyaning Lotaringiya universiteti, Angliyaning Sheyflid universiteti, Ispaniyaning Adema universiteti.
Ma’lumot o‘rnida: Toshkent davlat stomatologiya instituti O‘zbekiston Respublikasi OTM orasida 10 o‘rinni, tibbiyot OTM orasida nufuzli 2 o‘rinni egallagan.
Izoh qoldirish