"Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish bosh reja loyihasini ishlab chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Prezidenti Qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Uy-joy fondi 2018 yil 1 yanvar holatiga Toshkent shahri 47,447 mln kv.m. ni tashkil etadi, shahar bo‘yicha o‘rtacha ta’minlanganlik darajasi bir kishi uchun umumiy turar joy maydoni 19 kv.m. tashkil etadi.
Toshkent shahrining turar joy qurilishi 16479 ga hududni tashkil etadi. Turar joy zichligining ko‘rsatkichlari shahar bo‘yicha deyarli past — 2 649 kv.m/ga (2−3 qavatli qurilmalar zichligi). Buni shunday tushuntirish mumkinki, shahar maydonidan 33,3 foizini yakka tartibdagi, bir qavatli uylar bo‘lib, bunda shahar aholisining 45 foizi istiqomat qiladi, qolgan aholi esa hududining 13,5 foizlik qismida yashaydi. Turar joy fondining ko‘p qavatli uylarning zichligi ko‘rsatkichlari yuqori — 4 772 kv.m/ga, bu esa o‘rtacha turar joy fondining to‘rt qavatli uylar zichligiga mos keladi.
2041 yilga kelib uy-joy fondi 71,610 mln kv.m. umumiy maydonni tashkil etadi va umumiy maydon bilan o‘rtacha ta’minlanganlik — 21,7 kv. m/kishiga yetadi.
Yangi turar joy binolarining qurilishi 28,223 mln. kv.m. umumiy maydonni yoki mavjud uy-joy fondining 35,5 foizini tashkil etadi. Toshkent hududidagi turar joylarning qurilishi past qavatli uylarni buzish hisobiga mo‘ljallangan. Toshkent hududida buzish turar joy binolarining 4 mln. kv. m. umumiy maydonni (mavjud fondning 8,6 foizini) tashkil etadi.
Ijtimoiy sohada poytaxtning vazifalarini kuchaytirish va amaldagi shaharsozlik me’yorlariga va aholining ijtimoiy ehtiyojlariga mos darajada ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari bilan ta’minlanlash:
- Maktabgacha ta’lim muassasalari mavjud 117,3 ming joydan (160 nafar bolaga 100 ta joy), 2041 yilda 167,7 ming joyni tashkil etadi (125 nafar bolaga 100 ta joy).
- Umumta’lim muassasalari mavjud 330,3 ming joydan 2041 yilda 630 ming joyni tashkil etadi.
- Shifoxonalar mavjud 20,2 ming koykadan 2041 yilga 59,4 ming koykani tashkil etadi.
- Poliklinikalar bir smenada mavjud 51,9 ming keluvchilardan 2041 yilga bir smenada 99 ming keluvchilarni tashkil etadi.
- Oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari do‘konlari mavjud 574,5 kv. m. savdo maydonidan 2041 yilga 917 kv. m. savdo maydonini tashkil etadi.
- Umumiy ovqatlanish korxonalari mavjud 74,7 ming joylardan 161,4 ming joylarni tashkil etadi.
- Mehmonxonalar mavjud 8,1 ming joydan hisob-kitob muddatiga 19,8 ming joylarni tashkil etadi.
Shaxsiy avtomobil transportining miqdor jihatidan o‘sishida barcha jamoat transportlarining turlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Elektrobuslar kabi yangi ekologik transport turlarini joriy qilish. Jamoat transporti uchun ajratilgan chiziqlarni yaratish, velosiped yo‘lakchalari tizimini yaratish.
Magistral ko‘chalarning uzunligi 2041 yilga borib 1502,2 km.ni, jumladan uzluksiz harakatlanish magistrali 353,6 km.ni tashkil etadi.
Shahar qurilishi doirasidagi ko‘cha magistral tarmog‘ining zichligi 2041 yilga 2,2 km/kv. km.gacha ortadi.
Yirik transport muhandislik qurilmalarining soni 59 ta qurilmaga yetadi.
Metropoliten tizimini tezyurar, ekologik va ko‘p yo‘lovchi sig‘imiga ega jamoat transporti sifatida yanada rivojlantirish. Yangi qurilishga yer osti kabi bo‘lganidek yer usti liniyalarini qurish mo‘ljallangan.
Uzoq istiqbolga, atrof-muhit va ekologiyani yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha shahardan (shahar markazidan 24−25 km) janub tomonga 9 kilometr uzoqlikda yangi Toshkent aeroportini joylashtirish ko‘zda tutilmoqda. Aeroportning hozirgi mavjud hududi (markazdan 5−6 kmda) istiqbolda qisman cheklovda foydalanish uchun saqlab qolinadi.
Qaror loyihasi muhokamalari 13 mayga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish