Uzbekistan Airways xodimlarining formasi 15 yil ichida keskin o‘zgardi

Uzbekistan Airways xodimlarining formasi 15 yil ichida keskin o‘zgardi

Uzbekistan Airways 2020 yil 14 fevraldan boshlab yo‘lovchilar diqqatiga uchuvchi va bort kuzatuvchilarning yangi formasini taqdim etadi.

Kiyimlarga logotip tasviri tushirilgan

Samolyot ekipaji qiyofasida keskin o‘zgarishlar 15 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi. Kiyimlardagi asosiy rang quyuq akvamarin va terrakota ranglaridir. Qizlar uchun yubka, shim, bluzkadan iborat bo‘lgan, ikki xil rangli yangi to‘plam taqdim etilgan. Pidjakning astari terrakota rangida bo‘lib, logotip tasviri tushirilgan.

Bezaklar sharqona uslubda

Aksessuarlar sifatida bosh kiyim, matoli va charm qo‘lqoplar, soch turmagi yaratish uchun matoli elastik tasma va ikki xil rangdagi sharflar kiritilgan. Bluzka va bo‘yinbog‘dagi bezaklar sharqona uslubda yaratilgan. Qishki yomg‘irpo‘sh paltosi yechib olinadigan izolyasiyalangan astarga ega.

Erkak xodimlarning formasi ham akvamarin bezatilgan

Erkak bort kuzatuvchi xodimlari uchun to‘plam quyuq kul rangdagi uch qismli kostyum ko‘rinishida bo‘lib, quyuq akvamarin bezaklari bilan taqdim etiladi. Bosh kiyim to‘q kul rangda kumush bezak bilan bezatilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar