Uzbekistan Airways yana bir nechta davlatlarga qatnovlarni bekor qildi

Uzbekistan Airways yana bir nechta davlatlarga qatnovlarni bekor qildi

Uzbekistan Airways mart-aprel oylarida bekor qilingan reyslar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilgan.

Ta’kidlanishicha, aviaparvozlar jadvaliga kiritilayotgan o‘zgarishlar dunyoda tobora o‘zgarayotgan epidemiologik vaziyat hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi reyslari amalga oshirilayotgan mamlakatlarda hukumat darajasida qo‘yilayotgan cheklovlar, aviaparvozlarga bo‘lgan talabning keskin tushib ketishi bilan bog‘liq.

Uzbekistan Airways quyidagi shaharlarga aviaqatnovlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritmoqda:

  • - London — HY201/202 reyslari 2020 yil 14 mart sanasidan aprel oyiga qadar vaqtinchalik bekor qilingan;
  • - Parij — HY251/252 reyslari 2020 yil 14 mart sanasidan aprel oyiga qadar vaqtinchalik bekor qilingan;
  • - Amritsar — HY421/422, HY441/442, HY443/444 reyslari 2020 yil 18 mart sanasidan aprel oyiga qadar vaqtinchalik bekor qilingan;
  • - Dehli — HY425/426 reyslari 20 mart sanasidan aprel oyiga qadar faqat chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi yoki yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi amalga oshiriladi;
  • — HY421/422 i HY423/424 reyslari 20 martdan aprel oyiga qadar bekor qilingan;
  • - Mumbay — HY427/428 reyslari 20 mart sanasidan aprel oyiga qadar bekor qilingan;
  • Jakarta — HY541/542 reyslari 25 mart sanasidan aprel oyiga qadar bekor qilingan;
  • - Kuala-Lumpur — HY553/554 reyslari bekor qilingan; — HY551/552 reyslari 25 mart sanasidan bekor qilingan, — HY551/552 reyslari 1-20 aprel oralig‘ida faqatgina chorshanba kunlari amalga oshiriladi;
  • - Bangkok — HY531/532 reyslari 2020 yil mart oyida faqatgina 16, 19 va 26 mart kunlari amalga oshiriladi; — HY533/534 reysi 2020 yil mart oyida faqat 18, 21 va 28 mart kunlari amalga oshiriladi; — HY531/532 reyslari 2020 yil aprel oyida bekor qilingan; — HY533/534 reyslari 2020 yil aprel oyida faqatgina chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi;
  • - Tel-Aviv — HY303/304 reyslari 14 mart sanasidan to aprel oyiga qadar bekor qilingan; — HY301/302 reyslari 2020 yil mart oyida faqatgina 19 va 26 mart kunlari amalga oshiriladi; — HY301/302 reyslari 2020 yil aprel oyida bekor qilingan;

Latviya hukumatining 17 martdan boshlab mamlakat chegarasi bo‘ylab yer va havo yo‘lovchi tashishni taqiqlash to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, 16 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent-Riga-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy qatnovni amalga oshiradi. 17 martdan boshlab aviakompaniyaning ushbu yo‘nalishdagi barcha qatnovlari bekor qilingan.

“Shu bois, sayohatlarni rejalashtirganda yoki O‘zbekistonga qaytayotganda, reys amalga oshirilishi kunlarini hisobga olish lozim”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, yo‘lovchilardan ko‘zlangan manzil bo‘yicha o‘sha mamlakatda kiritilgan cheklovlar bilan ham yaxshilab tanishib chiqish tavsiya etilmoqda.

Yuqoridagi ro‘yxat bo‘yicha reyslari bekor qilingan yo‘lovchilarga chiptani qaytarish yoki boshqa sanaga qayta bron qilish qo‘shimcha to‘lovlarsiz va jarimalarsiz amalga oshiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar