Respublika ishchi guruhining Xo‘jaylidagi faoliyati davom etmoqda

Respublika ishchi guruhining Xo‘jaylidagi faoliyati davom etmoqda

O‘rganishlar davomida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash hamda hal etish bo‘yicha sektorlar va mahallalar kesimida “xonadonbay” ish olib borilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan bugungi qadar 26 ta mahalladagi 24 894 ta xonadon o‘rganildi. Uyma-uy yurish davomida 3 129 ta muammolar aniqlanib, 2 057 tasi joyida hal etildi, 1 072 ta masala bo‘yicha ishlar nazoratga olindi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davomida alohida e’tibor ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolda qolayotgan aholi qatlamiga qaratildi hamda ularga amaliy ko‘mak berish pirovard maqsad deb belgilandi.

Jumladan, 180 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 136 nafar fuqaro kasb-hunarga qayta tayyorlashga yo‘naltirildi, 60 nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilindi, 27 nafar fuqoralarga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

Xo‘jayli kasb-hunar maktabida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etilib, 400 dan ortiq ishsiz fuqarolar ishtiroki ta’minlandi, ularning 156 nafariga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi, 37 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi, 24 nafar fuqaroga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi asosida ishga tavsiyalar berildi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 110 nafar fuqarolarga 770 mln. so‘m subsidiya mablag‘lariga asbob-uskuna va mehnat qurollari olib berildi. Tijorat banklari tomonidan 8,8 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tumanda mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, 169 ta loyihaga 1,7 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari uchun tavsiyanomalar berildi.

“Temir daftar”ga kiritilgan, ehtiyojmand 28 ta oilalarga ko‘maklashish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 29,1 mln. so‘m bir martalik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan “Amudaryo” mahallasida yashovchi M.Nurimbetov, “Mustaqillik” OFYda yashovchi S.Karyardiyeva, “Shag‘alakol” MFYda yashovchi L.Nurmuxanovalarning uy-joylari ta’mirlab berildi. Bundan tashqari M.Ametovaning uyiga yangidan isitish tizimi o‘rnatib berildi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan 139 nafar xotin-qizlarga 83,4 mln.so‘m miqdarida moddiy yordamlar ko‘rsatildi, 48 nafar xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ga kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

9 nafar og‘ir turmush sharotida yashovchi ayollarning uy-joylari ta’mirlandi (100 mln. so‘m) , 12 nafar qizlarning 79,7 mln.so‘m to‘lov kontraktlari to‘lab berildi, 4 nafar uy-joyga muhtoj ayollar tuman Ijtimoiy shaharchasidagi uylarga joylashtirildi.

“Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan 87 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga 162,5 mln. so‘m yordam berildi. Jumladan, 22 nafar yoshlarga 72,1 mln. so‘m to‘lov-kontraktlari to‘lab berildi.

Ishlar davom ettirilmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar