“Xitoy - Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi loyihasi muhokama qilindi

“Xitoy - Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi loyihasi muhokama qilindi

17 iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov temir yo‘l sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilish chog‘ida mamlakatning transport sohasidagi eng yirik va strategik loyihalardan biri — «Xitoy - Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lining qurilishining muhimligini ta’kidladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Tashqi ishlar, transport va yo‘l vazirliklari, shuningdek, «Qirg‘iziston temir yo‘llari» kompaniyasi rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda temir yo‘l loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Xususan, Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘laydigan temir yo‘l qurilishi loyihasi muhokama qilingan.

Qirg‘iziston rahbari uchrashuv ishtirokchilari e’tiborini mamlakatning temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilishni jadallashtirish zarurligi va temir yo‘l transporti orqali yo‘lovchi hamda yuk tashish sohasida raqamli tashabbuslarni amalga oshirishni davom ettirishga qaratgan.

Mutaxassislarga ko‘ra, “Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li ishga tushgach, Xitoyni eng qisqa yo‘li Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bog‘laydi. Mavjud yo‘nalishlarga qaraganda masofa 900 kilometrga, yuklarni yetkazib berish muddati 7-8 kunga qisqaradi. Ushbu loyiha istiqbollari yaqinda ishga tushgan “Qashg‘ar – Irkishtom–O‘sh–Andijon–Toshkent” avtomobil yo‘lagi orqali namoyon bo‘lmoqda. Bu yo‘l Markaziy Osiyodan avtomobil transporti vositalarining Xitoyga tezroq kirishiga imkon berdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar