O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi keng nishonlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi keng nishonlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma yetti yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘yish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari harbiy orkestr sadolari ostida monument poyiga gullar qo‘ydi va hurmat bajo keltirdi.

Mustaqillik va ezgulik monumenti hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi hisoblanadi.

Bosh Qomusimiz O‘zbekistonda insonparvar demokratik huquqiy davlat, erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim qoidalarini o‘zida mujassam etib, jamiyatimiz hayotining asosiy huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Manba: O‘zA

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar