O‘zbekistonda TEAM universiteti ochiladi

O‘zbekistonda TEAM universiteti ochiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “TEAM universitetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga muvofiq, universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi, mustaqil balansiga ega, ixtiyorida bo‘lgan pul mablag‘lari va mol-mulki bilan o‘z majburiyatlariga javob beradi.

Tadbirkorlik va boshqaruv sohasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Universitet Toshkent shahrida tashkil etiladi va uning Termiz shahrida filiali tashkil qilinadi.

TEAM universiteti ta’lim faoliyati 2020-2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Universitetda ta’lim raqamli texnologiyalar, masofaviy ta’lim xizmatlari, vebinarlar, onlayn-o‘qitish, “blended learning” va boshqa zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida amalga oshiriladi.

Universitet Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Temur Malik ko‘chasi, 146-uy manzilida, uning Termiz shahridagi filiali esa Surxondaryo viloyati Termiz shahri, Hakim at-Termiziy ko‘chasi, 13-uy manzilida joylashgan Surxondaryo viloyati yuridik kolleji hududida tashkil etiladi.

Kollej balansidagi barcha o‘quv binolari va inshootlar joylashgan yer uchastkasi “Business School HUMO Campus” MChJ (yangi universitet ta’sischisi)ga bepul taqdim qilinadi.

Universitet 2023 yil 1 yanvarga qadar barcha turdagi soliqlardan ozod qilinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar