Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yangi setka amalga kiritildi

Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yangi setka amalga kiritildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 1 fevraldan boshlab ish haqi, pensiyalar, nafaqalar miqdori oshirildi va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yangi setka amalga kiritildi. Indeksatsiya miqdori 7 foizni (1,07 baravar) tashkil etadi.

Yangi setkaga muvofiq, respublika hududida:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM) - oyiga 679 330 so‘m;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori - oyiga 238 610 so‘m;
  • eng kam yoshga doir pensiyalar - oyiga 466 680 so‘m;
  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 466 680 so‘m;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 286 390 so‘m.

Bazaviy hisoblash miqdori (223 000 so‘m) o‘zgarishsiz qoldirildi.

Мақолани улашинг

Ўхшаш янгиликлар