Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-aprel oylarida 18 223 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.
2021 yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar:
“Cobalt” - 18 223 dona
“Damas” - 17 666 dona
“Lacetti-Gentra” - 12 047 dona
“Nexia T-250” - 9 279 dona
“Labo“ - 3 949 dona
“Spark” - 3 823 dona
Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) avtomobil bozorlarida talab o‘zgarishini muntazam ravishda tahlil qilib kelmoqda. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida ushbu bozorlarda talabning bosqichma-bosqich o‘sishi O‘zbekistonda iqtisodiy faollik tiklanganidan dalolat bermoqda.
Jumladan, joriy yil aprel oyida avtomobil bozorida aholi talabi mart oyiga nisbatan 14,1 foizga oshib, ketma-ket uchinchi oy barqaror o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda. Avtomobillar savdosining o‘sishi 2020 yil aprel oyiga nisbatan 355,9 foizni, 2019 yilning shu davriga nisbatan 19,6 foizni tashkil etdi.
Izoh qoldirish