2021 yilda umumiy qiymati 6,5 mlrd. dollarga teng 226 ta yirik va muhim loyihaning ishga tushirilishi orqali 34 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
2016-2020 yillarda barcha manbalar hisobidan asosiy kapitalga jami 89 mlrd. dollarlik investitsiya kiritildi, ulardan 19,5 mlrd. dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar.
Shu davr mobaynida davlat investitsiya dasturlari doirasida 791 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi va natijada 86 mingta yangi ish o‘rni yaratildi.
Hududiy investitsiya dasturlari doirasida jami 59,1 trln. so‘mlik 10 586 ta loyihaning amalga oshirilishi 131,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishiga imkon berdi.
2021 yilda umumiy qiymati 6,5 mlrd. dollarga teng 226 ta yirik va muhim loyihaning ishga tushirilishi orqali 34 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish