28 turdagi ma’lumotnomalarni talab qilishi taqiqlandi

28 turdagi ma’lumotnomalarni talab qilishi taqiqlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni «Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvarrdan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolardan talab qilinishi, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan 28 turdagi hujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi:

  1. Yashash joyidan ma’lumotnoma;
  2. Ariza beruvchi yashash joyi bo‘yicha bir o‘zi yashashi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  3. Doim va vaqtincha ruyxatdan o‘tkazilgan istiqomat qiluvchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  4. Yashayotgan muddati ko‘rsatilgan doimiy istiqomat joyidan ma’lumotnoma;
  5. Yashovchilar sonini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;
  6. Turar joyda yashayotgan shaxslar ko‘rsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma;
  7. Ariza beruvchi yashash joyi bo‘yicha bir o‘zi yashashi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  8. Fuqaroning yolg‘iz yashayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  9. Oila a’zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  10. 80 yoshga to‘lgan, o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksa yoshdagi odamga parvarish qilgan vaqtini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  11. Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  12. Vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  13. Vafot etgan xodim bilan qarindoshligi darajasini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  14. Shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida ishlovchi fuqarolarni band bo‘lganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  15. Shaxs haqqiqatdan ham nogironni parvarish qilayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  16. Ishsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  17. Vafot etgan boquvchining ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, buvasi, buvisi, akasi (ukasi) yoki opasi (singlisi) vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralariga, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan band bo‘lganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma
  18. Vafot etganning ota-onalari, turmush o‘rtog‘i yoki oilaning boshqa a’zosi vafot etganning uch yoshga to‘lmagan bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralariga qarash bilan band bo‘lganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma
  19. Marhumning xodim bilan qarindoshligi darajasini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  20. Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalarni olish uchun voyaga yetmagan shaxsning yoki pasport olmagan shaxsning shaxsning fotosurati yopishtirilgan ma’lumotnoma;
  21. Vasiylikka olinganlarni ta’minlash va ularni zarur darajada parvarishlash bo‘yicha qarindoshlarining bunga qodirligini tasdiqlash uchun ma’lumotnoma;
  22. Vasiy yoki xomiy bo‘lish istagini bildirgan ishlamaydigan shaxslar uchun ma’lumotnoma;
  23. Shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan bandligi to‘g‘risida ma’lumotnoma
  24. O‘zi tayyorlagan tovarlarni chakana sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish sharoitlari mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  25. Alohida xonada yashashi kerak bo‘lgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining og‘ir ko‘rinishi, qandli diabetning yiringli yallig‘lanishi, psoriaz) bemor ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  26. Kam ta’minlangan oilada yolg‘iz o‘zi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  27. Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslar tavsiflari bilan ma’lumotnoma;
  28. Dafnni o‘tkazganlik holati tasdiqlash uchun ma’lumotnoma.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar