Bugun, 25 fevral kuni Nursulton shahrida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvni Qozog‘iston Bosh vaziri Alixon Smaylov ochib beradi. Majlisda O‘zbekiston hukumatidan Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etmoqda.
2022 yilda Qirg‘iziston YeOIIga raislik qilmoqda, shuning uchun Qirg‘iziston Bosh vaziri Akilbek Japarov yig‘ilishga "moderatorlik" qilmoqda.
Majlisda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko va Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin so‘zga chiqishi kutilmoqda.
Shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovich ishtirok etmoqda.
So‘z Kuba Respublikasi Bosh vaziri Manuyel Marrero Kruz va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovga beriladi.
YeOII Kengashining yig‘ilishida Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus va Qirg‘iziston hukumat rahbarlari hamda YeOII komissiyasi raisi ishtirok etmoqda. Yig‘ilishda YeOII doirasida integratsiyani chuqurlashtirish vazifalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Hozir qabul qilingan hujjatlar imzolanmoqda.
_______________________________________________________________________________________________________________
O‘zbekiston kuzatuvchi-davlat maqomini hisobga olgan holda YeOIIning alohida loyihalar bo‘yicha ishida ishtirok etishga tayyor.
Bu tashabbus Yevroosiyo hukumatlararo kengashi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi.
Xabar yangilab boriladi
Izoh qoldirish