Abdulla Aripov va Jahongir Ortiqxo‘jayev savdo ob’yektlariga borib, karantin talablariga rioya etilishini o‘rgandi (+foto)

Abdulla Aripov va Jahongir Ortiqxo‘jayev savdo ob’yektlariga borib, karantin talablariga rioya etilishini o‘rgandi (+foto)

Bosh vazir Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev savdo ob’yektlariga borib, karantin talablariga rioya etilishini o‘rgandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

"Maxsus komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, qator mutasaddilardan iborat ishchi guruh poytaxtimiz tumanlariga chiqib, hududlardagi holatni o‘rgandi", deyiladi xabarda.

Xususan, ishchi guruh a’zolari shahrimizdagi bozorlar, supermarketlar, savdo-ko‘ngilochar markazlari va boshqa savdo maskanlariga tashrif buyurib, sotuvchilar, xaridorlar, ma’muriy xodimlar tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinishi, ma’muriyat va epidemiologik osoyishtalik xizmatlarining karantin talablariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar