Respublikamizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda aholini imkon qadar kam talafotlarni ta’minlagan holda barqaror ijtimoiy muhit va makroiqtisodiy holatni ta’minlash asosiy vazifa qilib belgilandi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ngirotboy Sharipov o‘zining bu haqdagi fikrlarini bildirdi.
"Ko‘rinishi va shaklidan qat’iy nazar jamiyatda yuzaga kelgan inqirozlar davrida davlat boshqaruvining asosiy vazifalari va strategik taktik yo‘nalishlari ham o‘zgarib boradi.
Respublikamizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda bu baloning jamiyatning turli jabhalari, shuningdek, aholini imkon qadar kam talafotlarni ta’minlagan holda barqaror ijtimoiy muhit va makroiqtisodiy holatni ta’minlash asosiy vazifa qilib belgilandi.
Prezidentimiz respublikamizda kambag‘allikni kamaytirish uchun aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish lozimligi ta’kidlab o‘tgan edi.
Hozirgi pandemiya sharoitida aholining aksariyat qismi qishloq joylarda yashashligini e’tiborga olgan holda tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish kambag‘allikni kamaytirish va aholini zarur bo‘lgan oziq-ovqat va daromad bilan ta’minlashning muhim omili bo‘lib qolmoqda", deydi Qo‘ngirotboy Sharipov.
Izoh qoldirish