Banklarda 2020 yil 1 dekabr holatiga muammoli kreditlar qoldig‘i 6,5 trln.so‘mni tashkil qilgan

Banklarda 2020 yil 1 dekabr holatiga muammoli kreditlar qoldig‘i 6,5 trln.so‘mni tashkil qilgan

Banklarda 2020 yil 1 dekabr holatiga muammoli kreditlar qoldig‘i 6,5 trln.so‘mni tashkil qilib (jami portfeldagi ulushi – 2,4%), noyabr oyida umumiy hisobda 42 mlrd. so‘mga kamaygan.

Noyabr oyining o‘zida jami kreditlar qoldig‘i 3,8 trln.so‘mga ko‘payib, 1 dekabr holatiga 270,7 trln.so‘mni tashkil qilgan (yil boshiga nisbatan o‘sish – 28%ga yetgan).

Muammoli kreditlar ulushini kamaytirish bo‘yicha noyabr oyida Milliybank (-171,3 mlrd.so‘m) va Xalq banki (-166,3 mlrd.so‘m) sezilarli o‘zgarishlarga erishgan.

Shuningdek, jami kredit porfelida muammoli kredilar (NPL) ulushi 2 ta bankda 10 foizdan oshib ketib, O‘zagroeksportbankda 13,7%ga va Madad invest bankda 12,1%ga yetgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar