Bolalar uchun yana bir yangi telekanal tashkil etiladi

Bolalar uchun yana bir yangi telekanal tashkil etiladi

“Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy telekanalini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy “Aqlvoy” telekanali (bolalar telekanali) tashkil etiladi.

Ma’lumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish (edutainment) telekanalning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur telekanal:

  • “Edumedia Corporation” MChJ qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan ta’sis etiladi;
  • respublikaning barcha hududlarida yetkaziladigan umumfoydalanishdagi ijtimoiy raqamli teleeshittirishlar paketi tarkibiga kiritiladi;
  • o‘zini-o‘zi moliyalashtirish asosida faoliyat yuritadi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar