Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 yilning dastlabki 9 oyi davomida Farg‘ona viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $1 488 mln.ni shundan, eksport $524 mln. (tovarlar - $518 mln. , xizmatlar - $5 mln.) va import $964 mln. (tovarlar - $962 mln. , xizmatlar - $2 mln.)ni tashkil qilib, respublikada tashqi savdo aylanmasi ulushi bo‘yicha Toshkent shahri ($17 198 mln.), Toshkent viloyati ($4 207 mln.), Andijon ($3 617 mln.), Samarqand ($1 982 mln.) va boshqa viloyatlardan keyin 8-o‘ringa tushgan. Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan $77,9 mln.ga yoki 5% (eksport – -18,2%, import – +4,2%)ga kamayganini ko‘rsatdi.
Hozirgi kunda, Farg‘ona viloyati jahonning 77 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan 6 ta davlatda ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan bo‘lib, Rossiya, Eron va Afg‘oniston shular jumlasidandir. Qolgan 14 ta davlat bilan manfiy tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
2023 yil yanvar-mart oylarida MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi - $715 mln.ni, dunyoning boshqa davlatlari bilan esa $772 mln.ni tashkil qilgan.
Mamlakatlar kesimida qaralganda, Farg‘ona viloyatining asosiy eksport ulushi Rossiya ($233 mln.), Qirg‘iziston ($42 mln.), Turkiya ($36 mln.) va Afg‘oniston ($35 mln.) davlatlari xissasiga, asosiy import ulushi esa Xitoy ($403 mln.), Rossiya ($168 mln.), Qozog‘iston ($140 mln.) va Turkiya ($34 mln.) davlatlari xissasiga to‘g‘ri kelgan.
Viloyatdagi shahar va tumanlar kesimida tashqi savdo aylanmasi dinamikasi tahlil qilinganda, Qo‘qon shahri ($285 mln.), Uchko‘prik ($229 mln.), Farg‘ona shahri ($205 mln.) va Oltiariq ($129 mln.) yuqori ulush bilan oldingi o‘rinlarni egallagan.
Xususan, 2023 yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatda jami eksportyorlar soni 675 tani tashkil qilib, Oltiariq ($100 mln.), Qo‘shtepa tumani ($63 mln.), Qo‘qon shahri ($58 mln.) va Uchko‘prik tumani ($54 mln.) viloyatning eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar sirasiga kirgan. Shuningdek, Qo‘qon shahri ($228 mln.), Uchko‘prik tumani ($175 mln.) va Farg‘ona shahri ($162 mln.) import faoliyati bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan.
Viloyatning asosiy eksport maxsulotlari tarkibini oziq-ovqat maxsulotlari va tirik hayvonlar (42,4%), sanoat tovarlari (36%) va turli xil tayyor buyumlar (11,2%) tashkil etgan. Texnika vositalari va transport asbob-uskunalari (37%), sanoat tovarlari (22%) va oziq-ovqat maxsulotlari va tirik hayvonlar (16%) import qilingan tovarlarning asosiy qismini tashkil qilgan.
Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish