2024 yilning 1-yanvar holatiga, Farg‘ona viloyatida doimiy yashovchi aholi soni 2023 yil boshiga nisbatan 87,8 ming kishiga yoki 2,1% ko‘payib, jami 4 062 ming kishini tashkil etmoqda. Xususan, shahar aholisi 2 309 ming kishiga (jami aholining 56,9%), qishloq aholisi esa 1 752 ming (jami alohiling 43,1%) kishiga yetgan. Farg‘ona viloyati aholi soni bo‘yicha respublikada Samarqanddan keyin (4 209 ming) 2-o‘rinni egallagan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning 1-yanvar holatiga mehnatga layoqatli aholi, viloyat doimiy aholising 56,1%ni, mexnatga layoqatli yoshdan kichiklar 31,6%ni va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 12,3% ni tashkil qiladi. Shuningdek, viloyatda aholi sonining taqsimlanishi, 2 050 ming erkaklar (50,5%), 2 012 ming (49,5%) nafar ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2023 yil davomida, tug‘ilishlar soni 107 mingtani, o‘limlar soni 18,7 mingtani, qayd etilgan nikohlar soni 31 mingtani va nikohdan ajralishlar 5,8 mingtani tashkil etgan.
Aholi migratsiyasi bo‘yicha, viloyatga 8,9 ming kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan va 11,6 ming kishi doimiy yashash maqsadida viloyatdan ko‘chib ketgan.
Hududlar kesimi bo‘yicha qaralganda, Farg‘ona shahri (322 ming), Qo‘qon shahri (309 ming) va Quva tumani (276 ming) viloyatdagi eng ko‘ng aholi istiqomat qiluvchi, Yozyovon (120 ming), Quvasoy (101 ming), So‘x (84 ming) viloyatlari esa viloyatdagi kam aholi istiqomat qiluvchi hududlar hisoblanadi.
Viloyat bo‘yicha 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 601 kishi to‘g‘ri kelib, Qo‘qon shahri (7 728 kishi), Marg‘ilon shahri (5 018 kishi), Farg‘ona shahri (3 218 kishi) va Toshloq tumani (913 kishi) viloyatda aholi eng zich joylashgan hududlar sirasiga, Yozyovon tumani (292 kishi), Beshariq tumani (316 kishi) va Oltiariq tumanlari (363 kishi) esa aholi zichligi nisbatan past hududlar sirasiga kiradi.
Izoh qoldirish