Xalqaro davra suhbati Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda tashkil etilmoqda.
Xalqaro davra suhbati Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti direktori Xurshid Zafariy, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov, Oksford kambag‘allikka qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish tashabbusi direktori, professor Sabina Alkayr, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchisi Anas Fayad Qarman, YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi v.b. rahbari Joffri Ijumba, Buyuk Britaniya parlamentining kambag‘al oilalardagi xotin-qizlarni o‘qitish va qo‘llab quvvatlash uchun xayriya tashkilotlari bo‘yicha maslahatchisi Bota Xopkinson, Jahon bankining ijtimoiy himoya bo‘yicha katta mutaxassisi Vlad Aleksandr Grigorash, Jahon bankining taraqqiyot iqtisodiyoti bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi, YeI va MOdagi kambag‘allik muammolari bo‘yicha eksperti Mixail Lokshin, J-PAL Europe’ning siyosat bo‘yicha direktori Killian Nolan va Ozarbayjon Respublikasining Kichik hamda o‘rta biznesni rivojlantirish agentligi (KOBİA) raisi o‘rinbosari Rufat Atakishiyev mavzugi doir ma’ruzalari va taqdimotlari bilan so‘zga chiqishadi.
Tadbirda xalqaro tashkilotlarning iqtisodchilari va ekspertlari kambag‘allikka qarshi kurashning asosiy masalalarini muhokama qilishadi. Shuningdek, kambag‘allikni kamaytirish sohasidagi mamlakat tajribasi va xalqaro amaliyotlar bilan o‘rtoqlashishadi.
Ushbu davra suhbatini tashkil etishdan maqsad, xorijiy va milliy ekspertlar, tahlilchilar o‘rtasida Yangi O‘zbekistondagi demokratik islohotlar, ularning mohiyati, erishilgan yutuqlar va navbatdagi dolzarb vazifalar, mamlakatda vujudga kelayotgan mutlaqo yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy makon va muhit, davlat tashqi va ichki siyosatining ustuvor vazifalari to‘g‘risida fikr almashishdan iborat.
Xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonni kambag‘allikka qarshi samarali kurash olib borayotganini e’tirof etmoqda, bu esa xorijiy ekspertlar bilan o‘zaro tajriba almashish uchun yangi zamin yaratadi.
Mazkur davra suhbati doirasida ekspertlar muloqoti samaralari bo‘lib, uning yakunida ishlab chiqiladigan amaliy taklif va tavsiyalar jahon miqyosida kambag‘allikni kamaytirishda yangi qadam bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, davra suhbatida ishlab chiqiladigan taklif va tavsiyalar kambag‘allikka qarshi kurashda sezilarli natijalarga olib kelishi kutilmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish