Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 9089,5 mlrd.so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – – 8 848,7 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 163,4 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 77,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 103,6% ni (8-o‘rin), respublikadagi ulushi 5,9% ni (10-o‘rin) tashkil etdi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari Zafarobod (117,2%), Paxtakor (108,4%) va Zomin (105,2%) tumanlarida qayd etildi.
YaHM tarkibidagi qishloq xo‘jaligi ulushi 40,2% ni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 1,5 punktga kamaygan.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 6 128 ming so‘mni (3-o‘rin) tashkil etdi.
Aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng yuqori ko‘rsatkichlari Do‘stlik (11 251 ming so‘m), Zafarobod (10 222 ming so‘m) va Mirzacho‘l (9 768 ming so‘m) tumanlarida, eng past ko‘rsatkichlar Jizzax shahri (999 ming so‘m) va Sharof Rashidov (4 400ming.so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 73,9% dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida, 21,5% fermer xo‘jaliklarida hamda 4,6% qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan yetishtirildi. Sohada kichik biznes ulushi 0,4 foiz punktiga kamayib 98,4% ni tashkil etdi.
Izoh qoldirish