O‘tgan yil davomida Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 427,9 mln. dollar bo‘lib, shundan 88 foiz – 1253,7 mln. dollar import va 12 foiz – 173,3 mln.dollar eksportga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida -1080,5 mln. dollar salbiy saldoga ega bo‘ldi.
Jizzax viloyati bilan eng ko‘p tashqi savdo aylanmasi 748,6 mln. dollar bilan Xitoy bilan bo‘lib, 643,6 mln.dollar importni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (316,9 mln.doll.), Chexiya (90,1 mln.doll.), Rossiya (73,8 mln.doll.) davlatlari turadi.
Hisobot davrida hududda sanoat mahsulotlari eksporti 86,6 mln. dollar, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 38,4 mln dollar, har xil tayyor mahsulotlar 19,8 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar eksporti 14,4 mln.dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari eksporti 9 mln. dollarni tashkil etdi.
Ushbu davrda mashina va transport uskunalari importi 1141,3 mln. dollar, oziq-ovqat mahsulotlari 17,3 mln. dollar, sanoat mahsulotlari 26,2 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar 29,5 mln. dollar, har xil tayyor mahsulotlar 15,2 mln. dollarni tashkil etdi.
Viloyatda amalga oshirilgan eksportning 45,8 foizi Jizzax shahri, 9,7 foizi Zarbdor, 7,7 foizi Paxtakor, 7,5 foizi Do‘stlik, tumanlaridan amalga oshirildi.
Importning 39,6 foizi Jizzax shahri, 38,7% G‘allaorol tumaniga to‘g‘ri keladi.
Feruz Raximov
Izoh qoldirish