Koronavirus "shokolad" bozoriga zarba berdi

Koronavirus

Jahon shokolad sanoati jiddiy muammolarga duch keldi. Koronavirus pandemiyasi tufayli qandolat mahsulotlariga talab keskin tushib ketdi, bu esa ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida qiyinchiliklarga olib keldi.

Shokoladning asosiy iste’molchisi hisoblangan Yevropada yil oxiriga qadar kakaoni qayta ishlash 3 foizga tushishi mumkin. Shimoliy Amerikada esa tahlilchilar 5,3 foizga pasayishini taxmin qilishmoqda. Eng katta pasayish Osiyoda bo‘lishi kutilmoqda, tahlilchilar ushbu mintaqada kakaoni qayta ishlash 9 foizga kamayishi yuz berishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Osiyo mintaqasidagi bunday keskin qisqarish, so‘nggi yillarda ortib borgan talab, yirik ishlab chiqaruvchilar qayta ishlash quvvatini oshirishga harakat qilganligi bilan bog‘liq.

Kakao yetishtirish bo‘yicha jaxon yetakchilari Kot-d’Ivuar va Gana o‘z mahsulotlariga qo‘shimcha narx belgilagan. Bundan maqsad talab va narxlarning pasayishi natijasida yetkazilgan zararni qoplashdir.

"Shokoladga bo‘lgan talab narxlarning ko‘tarilishi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning keskin kamayishi natijasida tushib ketadi. Inqirozning ta’siri ikkinchi chorakda yanada kuchliroq seziladi", deydi JSG Commodities vitse-prezidenti Erik Bergman.

Yil boshidan beri Nyu-York fond birjasida sotiladigan kakao fyucherslari 9,9 foizga tushgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar