“Moliyaviy xizmatlar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Markaziy bankning “Moliyaviy xizmatlar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi Nizomi loyihasi ishlab chiqilib, www.regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.
Mazkur hujjat moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi asosiy tamoyillar va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida mikrokredit tashkilotlari va lombardlar rioya qilishi zarur bo‘lgan talablarni kamrab oladi.
Nizom iste’molchilarga ma’lumot berish tartibi, muddati o‘tgan qarzdorlik kelib chiqqan taqdirda nobank kredit tashkilotining qazdorlar bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek, iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjat loyihasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz hamda taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.
Izoh qoldirish