Prezident Shavkat Mirziyoyev "2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
Hujjatda mulkni ijaraga olgan shaxslar uchun eng kam ijara stavkalari tasdiqlangan.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Toshkent shahrida turar joy binolari umumiy maydonining 1 kv. metri uchun bir oyda ijara stavkasining eng kam miqdori 15 500 so‘m (o‘tgan yili 14 000 so‘m), Nukus shahri va viloyat markazlarida 9 500 so‘m (8 500 so‘m) hamda boshqa aholi punktlarida 4 000 so‘m (2021 yilda shu kabi miqdor) miqdorida belgilandi.
Toshkent shahridagi noturar joy binolari umumiy maydonining 1 kv. metri uchun bir oyda ijara stavkasining eng kam miqdori 32 000 so‘m (o‘tgan yili-29 000 so‘m), Nukus shahri va viloyat markazlarida – 18 500 so‘m (17 000 so‘m) hamda boshqa aholi punktlarida – 7 500 so‘m (2021 yilda shu miqdor).
Yengil avtomobil uchun 630 000 so‘m( o‘tgan yili-575 000 so‘m), mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari uchun– 1 250 000 (1 150 000) so‘m etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu stavkalar jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qo‘llaniladi.
Izoh qoldirish