Škoda avtomobillariga buyurtma oktyabr oyida boshlanadi va shu oyning o‘zida yetkazib beriladi.
Jizzakh Auto (Volkswagen Uzbekistan) kompaniyasi VAG konserni lineykasidagi ikkinchi brend — Škoda’ni O‘zbekiston bozoriga chiqarmoqda.
Avvalroq zavod Volkswagen Caddy tijoriy avtomobillarini sotishni boshlagan edi. Škoda lineykasidagi birinchi avtomobil 2021 yilning yetti o‘rindiqli modeli Kodiaq krossoveri bo‘ladi.
Avtoulovlarga oldindan buyurtma oktyabr oyida ochiladi va yetkazib berish shu oydan boshlanadi. Toshkentda ikkita dilerlik markazining ochilishi kutilmoqda.
Škoda Kodiaq Rossiyaning Kaluga shahridagi «Grabsevo» texnoparkida joylashgan Volkswagen Group Rus zavodidan yetkazib beriladi.
Izoh qoldirish