Milliy valyutadagi xalqaro obligatsiyalardan kelib tushgan mablag‘lar Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi uchun BRM obligatsiyalari dasturi doirasida ishlatilishi rejalashtirilgan.
Suveren xalqaro obligatsiyalarning joylashtirilishini samarali tashkil etish maqsadida xalqaro investitsion banklar va yuridik firmalarga o‘z takliflari bo‘yicha so‘rovnomalar (Request of Proposals) yuborildi va raqobatli tanlov asosida quyidagi bank-anderrayterlar, qo‘shma bukrannerlar va yuridik konsul’tantlar tanlab olindi:
- bank-anderrayterlar – “Citi” (AQSh), “J.P.Morgan Chase” (AQSh), “Gazprombank” (Rossiya) va “MUFG” (Yaponiya); yuridik konsultant – “Dentons” (Buyuk Britaniya).
Shu bilan birga, Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar, jumladan, emissiya prospekti va boshqa yuridik hujjatlar tayyorlandi.
Kun davomida “Roud-shou” (Roadshow) tadbiri doirasida xalqaro investorlar uchun telekonferetsiya (Global Investor Call) o‘tkazish rejalashtirilgan va unda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Daniya va Shveysariya kabi mamlakatlardan xalqaro investorlar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek,
8-9 iyul kunlari xalqaro investorlar bilan “yakkama-yakka” (one-on-one) formatida telekonferetsiyalar bo‘lib o‘tadi.
Telekonferensiya davomida xalqaro investorlarga mamlakatimizning joriy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, pandemiya sharoitida barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan tizimli va institutsional islohotlar, davlat korxonalari va bank sektorini isloh qilish va xususiylashtirish istiqbollari bo‘yicha taqdimot qilinmoqda.
Izoh qoldirish