O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish 2021 yil 1 mart kunidan boshlanadi

O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish 2021 yil 1 mart kunidan boshlanadi

Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2021 yil Davlat dasturi loyihasida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq choralar belgilanadi. Mazkur vazifani bajarish muddati etib 2021 yil 1 mart sanasi qayd etildi.

Mazkur hujjat loyihasida qayd etilishicha, saylov jarayonlarini tashkillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.

Dasturda saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish hamda aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.

Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar