O‘zbekistonda 37,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

O‘zbekistonda 37,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda jami 37,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2020 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,9 % ni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1503,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,0 % ga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 35764,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 96,0 % ga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 8611,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 22420,8 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar