O‘zbekistonning tashqi qarzi qanchaga yetdi?

O‘zbekistonning tashqi qarzi qanchaga yetdi?

O‘zbekistonning tashqi qarzi qancha? Markaziy bank mutasaddilari ishtirokida AOKAda o‘tayotgan matbuot anjumanida MB departament direktori o‘rinbosari Otabek Tojiddinov ushbu savolga izoh berdi:

«Joriy yilning birinchi yarim yilligiga, ya’ni 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning jami tashqi qarzi 27,6 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Bunda:

  • 10,1 mlrd dollar — xususiy sektor hissasiga,
  • 17,5 mlrd dollar — davlat sektori hissasiga to‘g‘ri kelmoqda”.

E’tiborlisi, so‘ngi to‘rt yil ichida jami tashqi qarzlar tarkibida davlat sektori qarzlari keskin o‘sishni ko‘rsatyapti. Agar 2016 yilda davlat sektori qarzlari 6.5 mlrd dollarga teng bo‘lsa, 2020 yilga kelib bu ko‘rsatkich 2.69 barobar o‘sib, 17.5 mlr dollarga yetgan.

Xususiy tashqi qarzni ko‘radigan bo‘lsa, so‘ngi 2016-2019 yillarda o‘sish unchalik katta emas, xatto 2018 yilda pasayish kuzatilgan. 2020 1- yarim yilligida ushbu ko‘rsatkich 10.1 mlrd dollarga yetgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar