Qariyb 583 ming oila "Temir daftar" reyestridan chiqarildi

Qariyb 583 ming oila

“Temir daftar”ga kiritilgan 613,9 ming oilaning qariyb 2,6 mln. nafarga yaqin a’zosidan 687,6 ming nafar mehnatga layoqatli ishsizlari bandligini ta’minlanib, 582,9 ming oila “Temir daftar”dan chiqarildi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Daftarga kiritilgan oilalarning doimiy daromad manbaini yaratish choralari ko‘rildi, deyiladi hisobotda.

Ma’lumot uchun: 100,2 ming nafar fuqarolar doimiy ishga joylashtirilgan. Shundan:

- 34,0 ming nafari tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi;

- 21,9 ming oilalarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit ajratildi;

- 330,9 ming nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qildi;

- 80,5 ming nafar fuqarolar qishloq xo‘jaligida (takroriy ekin va kooperatsiya);

- 137,0 ming nafar fuqarolar boshqa yo‘nalishlarda band qilingan;

- 13,3 ming nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilgan.

Boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi mavjud ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun: 15,3 ming boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar, 30,4 ming nogironligi mavjud ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar (shundan, 7,1 ming I guruh a’zolari bor oilalar, 17,4 ming II guruh nogironlari bor oilalar, 5,9 ming I-II guruh nogironlari bor oilalar) ro‘yxatga olingan.

Natijada uy-joyini ta’mirlashga muhtoj 1,9 ming guruh nogironi bor oilalarning 1,5 ming tasining (79,0 foizi) uy-joyi ta’mirlab berilgan.

Noturar joylarda istiqomat qilayotgan 770 ta oilaning 225 tasiga (29,0 foizi) uy-joy ajratilgan hamda 383 tasining (50,0 foizi) turar joy ijara to‘lovi to‘lab kelinmoqda.

Daftarga kiritilgan oilalarga tibbiy, psixologik hamda huquqiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot uchun: 9,6 ming tibbiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalardan 8,8 ming oilalar a’zolari (92,0 foizi) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Psixologik yordamga muhtoj bo‘lgan 5,3 ming oilalarning 5,1 mingtasiga (96,0 foiz) psixologik yordamlar ko‘rsatildi.

Huquqiy yordamga muhtoj 5,6 ming oilalarning 5,2 mingtasiga (93,0 foizi) huquqiy xizmatlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni daromad manbaiga erishishini ta’minlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 501,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi “Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5204-son qaroriga muvofiq “Temir daftar”ga kiritilgan 90,8 ming oilalarning 18 yoshga to‘lmagan 195,3 ming nafar farzandlarini qishki kiyim-bosh va o‘quv qurollari bilan ta’minlash uchun 500 ming so‘mdan jami 97,6 mlrd so‘m pul mablag‘lari tarqatildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-56-son qaroriga muvofiq “Temir daftar”dagi 110,0 ming oilalarga 88,0 mlrd so‘m (har bir oilaga 800 ming so‘mdan ) moddiy yordam pullari “Prezident tabrigi” bilan birgalikda yetkazib berildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar