Qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Bayram oldi va bayram kunlari yo‘lovchilarga transport xizmatlarini ko‘rsatishni yanada oshirish va ularga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 764/763-sonli “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur poyezdlar joriy yil 28,29,30, hamda 31 dekabr kunlari qatnovlarni amalga oshirib, yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazib qo‘yadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar