Qurilish vaziri Botir Zokirov uy-joy qurilishlari qanday amalga oshirilishi va kimlar qurishi haqidagi savollarga javob berdi (+video)

Qurilish vaziri Botir Zokirov uy-joy qurilishlari qanday amalga oshirilishi va kimlar qurishi haqidagi savollarga javob berdi (+video)

Uy-joy qurilishlari qanday amalga oshiriladi? Kuchimiz yetadimi? Kimlar quradi? Xalqaro press-klub sessiyasida Qurilish vaziri Botir Zokirov ushbu savollarga javob qaytardi.

«4 yilda 150 ming uy-joy qurilgan. 4 yil oldin «ijtimoiy uylar» degan atama yo‘q edi. Mustaqillikka erishganimizdan buyon umuman «ijtimoiy uylar» qurilgani yo‘q. 4 yil oldin muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan shunaqa uylar qurilishi boshlandi. Shu o‘tgan vaqt mobaynida katta tajribaga ega bo‘ldik.

2-3 yil oldin qurilgan uylarni hozir qurilayotgan uylar bilan taqqoslab bo‘lmaydi — texnologik, energiya tejamkorlik va qulaylik jihatidan bugun juda katta sifat o‘zgarishlari bor.

Joriy yilda 6,5 ming xonadonga ipoteka va subsidiya ajratiladi. Fuqarolar yakka tartibda, ya’ni o‘zining yeri bo‘lsa, o‘sha yerda imorat tiklamoqchi bo‘lsa yoki buzib qayta qurmoqchi bo‘lsa, ehtiyojdan kelib chiqib, ularga ipoteka kreditlari, subsidiyalar beriladi».

To‘liq matnini telegram kanalda joylashtirilgan videoda ko‘rishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar