Saylov tizimini takomillashtirishga oid qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Saylov tizimini takomillashtirishga oid qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan saylov tizimini takomillashtirishga oid qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Konun loyihasi bilan nazarda tutilayotgan yangiliklar Markaziy saylov komissiyasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, shuningdek, qator mutasaddi idora va tashkilotlar ishtirokida muhokama qilingan, shu jumladan, 2020 yilning may-iyun oylarida loyiha bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi tashkil etilgan.

Qonun loyihasi bilan:

  • O‘zbekiston Konstitutsiyasi;
  • «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun;
  • «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonun;
  • Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Mazkur qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga (demokratkom@parliament.gov.uz) jo‘natishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar