Sayyor qabul: yuzlab murojaatlar o‘z yechimini topdi

Sayyor qabul: yuzlab murojaatlar o‘z yechimini topdi

Navbatdagi manzil Farg‘ona viloyati bo‘ldi. Sayyor qabullar Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon, Farg‘ona, Qo‘qon shaharlari va Qo‘shtepa, Bag‘dod tumanlarida o‘tkazildi.

Uch kun davomida aholi murojaatlari Prezidenti Administratsiyasi, viloyat sud, prokuratura, ichki ishlar, soliq, adliya va bojxona boshqarma rahbarlari tomonidan tinglandi.

O‘tkazilgan qabullar davomida kelib tushgan jami 683 ta masalalarning 44,3% joyida ijobiy hal qilingan bo‘lsa, 13% murojaatga tushuntirish va huquqiy maslahat berish orqali yechim topildi, qolgan 42,6% o‘rganish va hal etish topish uchun vaqt talab qilganligi sababali nazoratga olindi.

Xususan, o‘tkazilgan sayyor sudlar natijasida sudlar tomonidan probatsiya xizmatida ro‘yxatda turgan shaxslar qilmishidan pushaymonligi, jamoatchilik tomonidan berilgan ijobiy xulosalar asosida 34 nafar mahkum muddatidan avval shartli ravishda ozod etildi, 2 nafar fuqaroga ozodlikni cheklash jazosi yengilroq jazo turigi almashtirildi.

Bag‘dod tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “Farg‘ona Spining” tikuv–trikotaj korxonasi soliq hisobotlariga oid belgilangan majburiy ajratmalaridan norozi bo‘lib murojaat qildi. Korxonaning masalasi ham joyida ko‘rib chiqilib, unga nisbatan ortiqcha ko‘llanilgan 300 mln so‘m miqdoridagi mablag‘larning qaytarilishiga erishildi.

Viloyat prokuraturasi mutasaddilari tomonidan 30 nafar shaxsni aliment undirish yuzasidan qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, turli hil ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sabablar tufayli ajrashish jari yoqasiga kelib qolgan 6 ta yosh oila mutasaddilar aralashuvi bilan yarashtirildi.

Bundan tashqari, qabullar davomida fuqarolarning murojaatiga asosan materiallarni tergov organlariga topshirish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, fuqarolik pasporti va horijga chiqish pasportini rasmiylashtirish kabi qator masalalar ham ko‘rib chiqilib, o‘z ijobiy yechimiga ega bo‘ldi.

Sayyor qabullar davomida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar bo‘yicha ham qator murojaatlar kelib tushdi. Natijada 5 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, 16 nafar fuqaroga moddiy yordam berildi, 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tikuv mashinalari berildi, 4 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik aravachalari topshirildi.

Qabullar bilan bir qatorda Respublika ishchi guruhi vakillari Farg‘ona viloyatida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi ijrosi jarayonini ham o‘rgandi. Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi guruh Rishton tumani “Pandigon” MFYdagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, o‘rganishlar jarayonida mahalladagi “Yangi hayot” ko‘chasida yashovchi 85 yoshli Enaxon Qambarovaning xonadonida bo‘lib, xonadon sohibi bilan suhbatlashildi. Oilaning turmush sharoiti o‘rganilib, davlatimiz rahbari nomidan kerakli moddiy yordam ko‘rsatildi hamda kunlik ro‘zg‘ori uchun ena bola sog‘in sigir sovg‘a qilindi.E.Qambarova inson uchun yaratilib berilayotgan bunday sharoitlar uchun Respublika Prezidenti va hukumatiga cheksiz mahalla nomidan minnatdorchiligini bildirdi.

Respublikai ishchi guruhi sayyor qabullari davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar