Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar Toshkent shahri va Namangan viloyatida davom ettiriladi

Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar Toshkent shahri va Namangan viloyatida davom ettiriladi

Hurmatli hamyurtlar!

Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar xodimlari ishtirokida joylarda ommaviy qabullar davom ettiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning avgust oyiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib, murojaatchilar bilan yana bir bor muloqot o‘tkazishadi. Ikkinchi davrada guruhlar avval qabul o‘tkazmagan viloyatga borishadi va bu bilan guruhlar tomonidan har bir viloyat fuqarolari qamrab olinadi.

Bu safargi manzillar – Toshkent shahri va Namangan viloyati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruhi Namangan viloyatida, Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhi esa Toshkent shahrida joriy yilning 14-16 iyul kunlari ish olib boradi.

Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadvallar orqali tanishish mumkin.

Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan ma’lum qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar