Tadbirkorlar tomonidan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha jami 14 ta statsionar shoxobcha o‘rnatiladi

Tadbirkorlar tomonidan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha jami 14 ta statsionar shoxobcha o‘rnatiladi

“Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 martdan tadbirkorlar avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishini tashkil etish huquqiga ega bo‘ladi.

Og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida aniqlanadi.

Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlarga og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi.

Shunga ko‘ra, 2021-2022 yillarda respublikada tadbirkorlar tomonidan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha jami 14 ta statsionar shoxobchalar o‘rnatiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar