Tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli bo‘lgan ob’yektlarni yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi

Tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli bo‘lgan ob’yektlarni yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi

“Tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli bo‘lgan ob’yektlarni yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 2532-1, 03.12.2019 y.).

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq:

  • tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli bo‘lgan ob’yektlarning yong‘in xavfliligiga ko‘ra guruhlari qayta belgilandi;
  • yong‘in-profilaktika ko‘riklarini rejalashtirish va o‘tkazish tartibi soddalashtirildi.

Jumladan, hozirga qadar tadbirkorlik sub’yektida yong‘in-profilaktika ko‘rigini kechiktirib turish zarurati bo‘lganda, bu haqda tegishli davlat yong‘in nazorati organiga ko‘rik
o‘tkaziladigan kundan 10 kun oldin ariza bilan murojaat qilishi lozim edi.

Endilikda tadbirkorlik sub’yekti 10 kun oldin emas, balki, ko‘rik o‘tkaziladigan kunga qadar murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, endilikda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan tadbirkorlik sub’yektiga tegishli ob’yektlarda 1 yil davomida yong‘in-profilaktika ko‘rigi o‘tkazilmaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar