O‘zbekistonda 550 dan ortiq davlat aktivlari sotilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 550 dan ortiq davlat aktivlari sotilishi kutilmoqda

Poytaxtimizda 27 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etgan “O‘zbekiston Respublikasida davlat korxonalarini boshqarish va xususiylashtirish: iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi” nomli tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro forumda dunyoning turli mamlakatlaridan 400 dan ortiq onlayn va oflayn ishtirokchilar, jumladan, xalqaro moliya institutlari, investitsiya va konsalting kompaniyalari, tijorat banklari, mahalliy va xalqaro ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi. Forum davomida unga dunyoning eng yirik ommaviy axborot vositalari “The Economist”, “Financial Times”, “Bloombrerg” va “Reuters” vakillari qo‘shildi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vaziri Jamshid Qo‘chqarov hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Bjerde ochib berdi.

Ishtirokchilar iqtisodiyotni rivojlantirishda davlatning rolini kamaytirishga qaratilgan davlat korxonalarini o‘zgartirish va xususiylashtirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston erishgan yutuqlarni muhokama qildilar. Ushbu jarayon bilan bog‘liq mavjud muammolar va imkoniyatlar tanqidiy tahlil qilindi.

Qayd etilishicha, hozirgi paytda Respublika bo‘ylab 2500 ga yaqin davlat korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularning sonini qisqartirish iqtisodiyotning turli sohalariga qo‘shimcha xususiy sarmoyalarni jalb qiladi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilaydi va O‘zbekistonda xususiy sektor o‘sishini tezlashtiradi.

— Forum aynan kerakli platformaga aylandi, bu ilg‘or xalqaro tajriba va turli mamlakatlarning davlat korxonalarini xususiylashtirish va transformatsiyalash sohasidagi mutaxassislarning fikrlari bilan almashish imkonini berdi. Biz ushbu tadbirdan foydalanib, xalqaro sheriklarimiz va ishbilarmon doiralar vakillarini mamlakatimiz iqtisodiyotini liberallashtirish va isloh qilish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda aniq maqsadlari belgilab olmoqda, — dedi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov.

Tadbir davomida xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari mutaxassislari, jumladan, Jahon banki guruhi, XVJ, OTB, BMT, OYeCD va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘tish qatnashchilari bo‘lgan boshqa mamlakatlarning davlat korxonalarini xususiylashtirish va isloh qilishning muvaffaqiyatli namunalarini forum ishtirokchilariga taqdim etdilar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu turdagi islohotlar kuchli va raqobatbardosh xususiy sektorni barpo etish hamda yanada inklyuziv va dinamik iqtisodiyot uchun juda muhimdir.

Xalqaro forum doirasida konstruktiv fikr almashish va xalqaro tajriba tahlili tadbir ishtirokchilariga boshqaruv samaradorligini oshirish, davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berdi. Bu esa O‘zbekistonga yanada katta yutuqlarga erishishiga yordam beradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar