Yaponiyaning NHK telekanalida O‘zbekiston haqidagi videolavhalar namoyish etilmoqda

Yaponiyaning NHK telekanalida O‘zbekiston haqidagi videolavhalar namoyish etilmoqda

Yaponiyaning NHK telekanalida efirga uzatiluvchi "Assalom, Yaponiya!" dasturida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga oid videoreportaj taqdim etildi.

Unda yurtimizda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida turizmni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, sayyohlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, viza rejimining bekor qilinishi kabi ijobiy o‘zgarishlar hamda O‘zbekistonning dunyoga yuz tutayotgani haqida so‘z yuritiladi.

Videolavhada Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgan O‘zbekistonning tarixiy shaharlaridan biri Samarqandga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Shu o‘rinda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti faoliyatiga to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, ko‘rsatuvda Samarqanddagi tarixiy obidalarni ta’mirlovchi kishilar bilan uchrashuv haqida so‘z borib, bugungi kunda bunday kadrlar atigi 10 nafarni tashkil qilishi ta’kidlangan. Yaponiya telekanali dasturida o‘zbek xalqining mehmondo‘stligiga alohida urg‘u berilgan. Bundan tashqari, shaharlarimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi mehmonxonalarning qurilishini xorijiy sayyohlar uchun yaratilayotgan qulaylik sifatida qayd etilgan.

Telereportaj yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov yaponiyaliklarni O‘zbekistonga sayohat qilishga chorlagan.

NHK teleknalining yana bir videolavhasida Toshkent shahridagi metropoliten haqida so‘z boradi. Metro qurilish tarixi, bir kunda 23 ming kishi metrodan foydalanishi ta’kidlangan. Bekatlar orasidan “Alisher Navoiy”, “Kosmanavtlar” va “O‘zbekiston” bekatlariga alohida e’tibor qaratilib, poytaxt metrosida har bir bekatning o‘ziga xosligi qo‘shimcha qilingan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar