Toshkent metallurgiya zavodi 2020 yilning may oyida ishga tushadi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida jadallik bilan barpo etilayotgan O‘zbekistonning eng zamonaviy sanoat korxonalaridan biri bo‘lgan Toshkent metallurgiya zavodining rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. Bu haqida zavod matbuot xizmati ma’lumot bermoqda.

Mazkur o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 noyabrdagi tegishli qarorida nazarda tutilgan.

Bugungi kunda davlatimizda import o‘rnini bosish va mahsulot lokalizatsiyasi bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday rejalarning salmoqli qismi Toshkent metallurgiya zavodi zimmasiga yuklatilgan. Zero, zavod qurilish industriyasi, mashinasozlik va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun sovuq prokatli korroziyaga qarshi himoyalangan qoplamalarni ishlab chiqaruvchi ilk korxonaga aylanib, mazkur masala strategik ahamiyatga ega bo‘ladi.

Zavodning ishga tushishi natijasida respublikaning metallurgiya mahsulotiga bo‘lgan import tobeligi darajasi pasayib, sanoat imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi. O‘zbekiston iqtisodiyotining sanoatlashuvini inobatga olgan holda, oshib borayotgan bozor ehtiyojlarini qondirish uchun kelajakda 750 ming tonnaga yetkazish istiqboli bilan texnologik yechimlarni o‘zgartirishga qaror qilingan.

Natijada korxona tomonidan sovuq prokatli metallning birinchi ruloni 2020 yilning may oyida ishlab chiqariladi. 2023 yilda esa zavodni to‘liq quvvat bilan ishga tushirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tish joizki, TMZ uchun jihozlar metallurgiya asbob-uskularini ishlab chiqarish sohasida dunyoda yetakchi bo‘lgan Danieli konserni tomonidan yetkazib beriladi. Yetkazib beruvchini tanlashda nafaqat jihozlar qiymati, balki konsern tomonidan tasdiqlangan zamonaviy texnologik va texnik yechimlar, ishlab chiqarish xarajatlarining pastligi va albatta tayyor mahsulot sifati inobatga olingan.

Zavod qurilishida metallurgiya tarmog‘ida dunyoning yetakchi loyiha-qurilish tashkilotlaridan biri bo‘lgan “MetProm” kompaniyalar guruhi bosh pudratchi hisoblanadi. Kompaniya tomonidan Toshkentda ob’yektni loyihalashtirish, uni qurish, ishga tushirish va xodimlarini o‘qitish amalga oshiriladi.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida jadallik bilan barpo etilayotgan O‘zbekistonning eng zamonaviy sanoat korxonalaridan biri bo‘lgan Toshkent metallurgiya zavodining rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. Bu haqida zavod matbuot xizmati ma’lumot bermoqda.

Mazkur o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 noyabrdagi tegishli qarorida nazarda tutilgan.

Bugungi kunda davlatimizda import o‘rnini bosish va mahsulot lokalizatsiyasi bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday rejalarning salmoqli qismi Toshkent metallurgiya zavodi zimmasiga yuklatilgan. Zero, zavod qurilish industriyasi, mashinasozlik va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun sovuq prokatli korroziyaga qarshi himoyalangan qoplamalarni ishlab chiqaruvchi ilk korxonaga aylanib, mazkur masala strategik ahamiyatga ega bo‘ladi.

Zavodning ishga tushishi natijasida respublikaning metallurgiya mahsulotiga bo‘lgan import tobeligi darajasi pasayib, sanoat imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi. O‘zbekiston iqtisodiyotining sanoatlashuvini inobatga olgan holda, oshib borayotgan bozor ehtiyojlarini qondirish uchun kelajakda 750 ming tonnaga yetkazish istiqboli bilan texnologik yechimlarni o‘zgartirishga qaror qilingan.

Natijada korxona tomonidan sovuq prokatli metallning birinchi ruloni 2020 yilning may oyida ishlab chiqariladi. 2023 yilda esa zavodni to‘liq quvvat bilan ishga tushirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tish joizki, TMZ uchun jihozlar metallurgiya asbob-uskularini ishlab chiqarish sohasida dunyoda yetakchi bo‘lgan Danieli konserni tomonidan yetkazib beriladi. Yetkazib beruvchini tanlashda nafaqat jihozlar qiymati, balki konsern tomonidan tasdiqlangan zamonaviy texnologik va texnik yechimlar, ishlab chiqarish xarajatlarining pastligi va albatta tayyor mahsulot sifati inobatga olingan. Zavod qurilishida metallurgiya tarmog‘ida dunyoning yetakchi loyiha-qurilish tashkilotlaridan biri bo‘lgan “MetProm” kompaniyalar guruhi bosh pudratchi hisoblanadi. Kompaniya tomonidan Toshkentda ob’yektni loyihalashtirish, uni qurish, ishga tushirish va xodimlarini o‘qitish amalga oshiriladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar