Markaziy bank 15 ta tijorat bankini jazoladi

Markaziy bank 15 ta tijorat bankini jazoladi

Markaziy bank 15 ta tijorat banklariga nisbatan sanksiya e’lon qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga sabab ushbu banklarning ayrim bo‘limlarida xodimlar asossiz ravishda plastik kartalari orqali mijozlar to‘lovlarini qabul qilishdan bosh tortib, terminallardan foydalanmaganliklari va kartalardagi mablag‘larni naqdlashtirib bermaganliklari bo‘ldi.

Shu sababga ko‘ra, «Agrobank», «Xalq banki», «Mikrokreditbank», «Milliy bank», «O‘zsanoatqurilishbank», «Ipoteka-bank», «Hamkorbank», «Qishloq qurilish bank», «Asaka bank», «Aloqabank», «Turonbank», «Trastbank», «Ipak yo‘li banki», «Davrbank» va «Infinbank» kabi banklarga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Markaziy bank tijorat banklarini kelgusida shu kabi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan bank xodimlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan chetlatishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanilishini talab etishi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar