Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aprel oyi uchun Ishbilarmonlik faolligi indeksini e’lon qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aprel oyi uchun Ishbilarmonlik faolligi indeksini e’lon qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil aprel oyida quyidagilarni tashkil etdi:

  • 2020 yil mart oyiga nisbatan – 859 birlikni (pasayish – 14,1%);
  • 2019 yilning aprel oyiga nisbatan – 963 birlikni (pasayish – 3,7%);
  • 2015 yil yanvar oyiga nisbatan – 1372 birlikni (o‘sish – 37,2%).

Joriy yilning aprel oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi nafaqat oldingi oyga, balki o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan ham salbiy o‘zgarishlar kuzatildi. Indeks pasayishining asosiy sababi 2020 yil mart oyi oxirida respublikaning barcha hududlarida karantin joriy etilganligi hisoblanadi.

1-rasm. 2020 yilning aprel oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 14,1 foizga pasaygan

Komponentlar darajasida turlicha o‘zgarishlar bo‘lgan

2020 yilning aprel oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 14,1 foizga keskin ravishda tushib ketib, 859 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 29,3 foizga kamaygan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 8,7 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 8,7 foizga kamaygan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 75,0 foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Navoiy viloyatida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan

2020 yil aprel oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 6 ta hududda o‘tgan oyga (2020 yil mart) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Xususan, Navoiy (35,5%), Xorazm (33,3%), Sirdaryo (29,2%), Surxondaryo (8,3%), Buxoro (2,9%) va Jizzax (2,7%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).

Respublikaning qolgan hududlarida indeks pasaygan. Sezilarli darajada pasayish Andijon (-16,5%), Farg‘ona (-13,3%), Samarqand (-8,9%) va Namangan (-8,1%) viloyatlarida kuzatilgan.

2-rasm. 2020 yil aprel oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2020 yil aprel oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 3767,5 mingtani tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 1563,4 ming tranzaksiyaga (29,3%) kamaydi. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,8 foizga keskin kamayish kuzatilmoqda. IFIning ushbu komponenti bazis davr (2015 yil yanvar) bilan solishtirganda 13,4 foizga kamayib ketgan.

Barcha hududlarda banklararo to‘lov operatsiyalari soni kamaygan

2020 yil aprel oyida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan barcha 14 ta hudud bo‘yicha kamaygan. Sezilarli darajadagi kamayish Buxoro (36,1%), Toshkent (33,8%), Navoiy (33,2%) viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (35,9%) kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2020 yilning aprel oyida IFIning birja komponenti 0,913 birlikni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 8,7 foizga pasayishi kuzatildi. Ushbu komponentning pasayishi bitimlar o‘rtacha sonining, shuningdek, har bir tranzaksiyada sotib olingan tovarlarning naturadagi hajmi kamayganligi bilan bog‘liq.

Tovar-xom ashyo birjasida imzolangan bitimlar soni kamayib ketgan

Kutilganidek global inqiroz oqibati hamda joriy yilning 24 martidan boshlab mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin joriy etilishi ushbu komponentga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Aprel oyi natijalariga ko‘ra respublika tovar-xom ashyo birjasida 51027 ta bitim imzolangan bo‘lib, mart oyiga (58361 ta) nisbatan 7334 ta bitimga (12,6%) kamaygan.

Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil aprel oyida 2992,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 7,4 foizga kamaygan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2020 yil aprel oyida 1,0883 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 8,8 foizga oshgan.

2020 yil aprel oyida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga nisbatan 4973 taga ko‘payib, 456833 tani (2020 yilning mart oyida 451870 ta) tashkil etdi.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni 738 taga ortgan

Hisobot davrida kichik korxonalar soni 355701 tagacha yetib, o‘tgan oyga nisbatan 3534 taga oshgan. Fermer xo‘jaliklari soni 97292 tadan 97983 tagacha (691 taga) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3149 tani tashkil etib, 2020 yil mart oyiga nisbatan 738 taga oshgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2020 yil aprel oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,250 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 75,0 foizga kamayib ketgan. Joriy yilning aprel oyida yuridik shaxslar tomonidan atiga 18 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

Hududlarda IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

Jizzax viloyati

↓896

↓0.7318

↓0.9719

↑1.1418

↓0.0000

Namangan viloyati

↓847

↓0.6807

↓0.8735

↑1.0439

↑1.0000

Toshkent viloyati

↓844

↓0.6622

↓0.9331

↑1.0409

↓0.3333

Sirdaryo viloyati

↓843

↓0.6909

↓0.9097

↑1.0782

↓0.0000

Andijon viloyati

↓842

↓0.8577

↓0.7529

↑1.0927

↓0.0000

Navoiy viloyati

↓833

↓0.6683

↓0.9108

↑1.0680

↓0.0000

Toshkent shahri

↓820

↓0.7102

↓0.7796

↑1.1461

↓0.2642

Samarqand viloyati

↓804

↓0.6985

↓0.7718

↑1.1388

↓0.0000

Buxoro viloyati

↓801

↓0.6389

↓0.7889

↑1.0535

↑1.0000

Xorazm viloyati

↓796

↓0.7836

↓0.7378

↑1.0314

↓0.0000

Surxondaryo viloyati

↓759

↓0.7467

↓0.6589

↑1.0624

↓0.0000

Qashqadaryo viloyati

↓752

↓0.6952

↓0.7087

↑1.0251

↓0.0000

Farg‘ona viloyati

↓728

↓0.6839

↓0.6483

↑1.0285

↓0.0909

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

↓660

↓0.6408

↓0.5319

↑1.0144

↓0.0000

Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

Navoiy viloyati

↑1355

↓0,7166

↑2,0000

↑1,3837

↓0,0000

Xorazm viloyati

↑1333

↓0,7710

↑2,0000

↑1,1984

↓0,0000

Sirdaryo viloyati

↑1292

↓0,6044

↑2,0000

↑1,2729

↓0,0000

Surxondaryo viloyati

↑1083

↓0,7896

↑1,2821

↑1,3341

↓0,0000

Buxoro viloyati

↑1029

↓0,6262

↑1,2829

↑1,2138

↑1,0000

Jizzax viloyati

↑1027

↓0,7672

↑1,1550

↑1,3471

↓0,0000

Toshkent viloyati

↓995

↓0,6423

↑1,2903

↑1,1447

↓0,0833

Toshkent shahri

↓986

↓0,7628

↑1,1303

↑1,1887

↓0,1687

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

↓969

↓0,6363

↑1,2423

↑1,1329

↓0,0000

Qashqadaryo viloyati

↓936

↓0,7347

↑1,0854

↑1,1122

↓0,0000

Namangan viloyati

↓919

↓0,6576

↓0,9989

↑1,1796

↑1,0000

Samarqand viloyati

↓911

↓0,7092

↓0,9298

↑1,3226

↓0,0000

Farg‘ona viloyati

↓867

↓0,6047

↓0,9542

↑1,1973

↓0,3333

Andijon viloyati

↓835

↓0,8541

↓0,7380

↑1,0959

↓0,0000

Ruslan Abdullayev,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar