Qurilish vazirligiga tadbirkorlik sub’yektlarini qurilish sohasini nazorat qilish bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazish huquqi beriladi

Qurilish vazirligiga tadbirkorlik sub’yektlarini qurilish sohasini nazorat qilish bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazish huquqi beriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Prezidentning “Qurilish jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyati va javobgarligini oshirish, qurilish sohasida nazoratni kuchaytirish va sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risi”da farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Qurilish-montaj ishlari sifatini oshirish, qurilish sohasida korrupsion holatlar va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, sohani boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, qurilishda buyurtmachi, loyihachi, pudratchi, subpudratchilarning roli va javobgarligini hamda qurilish sohasidagi nazorat qiluvchi organlar rolini kuchaytirish maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga tadbirkorlik sub’yektlarini qurilish sohasini nazorat qilish bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazish huquqi beriladi.

- Akkreditatsiyadan o‘tgan tadbirkorlik sub’yektlariga murakkablikning I, II, III toifasiga kiradigan ob’yektlar qurilishida shaharsozslik hujjatlari talablariga va ob’yektlarda barcha turdagi nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish huquqi berilsin.

- Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan va akkreditatsiya guvohnomalarining amal qilishi to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan hamda bekor qilingan tadbirkorlik sub’yektlarining reyestri Qurilish vazirligining veb-saytida e’lon qilib boriladi.

- Nazorat funksiyasini amalga oshirgan sub’yektlar ob’yektning shaharsozlik hujjatlari talablariga muvofiqligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan moddiy javobgar bo‘lishi belgilangan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar