Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi sohasi 2022 yil yakunlari

Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi sohasi 2022 yil yakunlari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 12 342,0 mlrd.so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar –11 658,7 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 568,2 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 115,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 103,4% ni (9-o‘rin), respublikadagi ulushi 3,4% ni (13-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Boyovut (104,8%), Oqoltin (104,3%) va Sayxunobod (104,2%) tumanlarida qayd etildi.

Jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 56,3 foizi Xovos (16,1%), Sayxunobod (14,1%), Boyovut (13,5%) va Sirdaryo (12,6%)tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi qishloq xo‘jaligi ulushi 39,4%ni tashkil etib, 2021 yil mos davriga nisbatan 0.9 punktga kamaygan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 13 905 ming so‘mni (4-o‘rin) tashkil etdi.

Aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng yuqori ko‘rsatkichlari Oqoltin (24 395 ming so‘m), Sayxunobod (21 581 ming so‘m) va Xovos (19 973 ming so‘m) tumanlarida qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 59% chorvachilik, 41% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida qiymati 70,5 ming tonna tirik vaznda go‘sht, 382 ming tonna sut, 513,2 ming tonna don mahsulotlari, 293,6 ming tonna sabzavotlar, 278,9 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirildi.

O‘simlikchilik mahsulotlarining 6,2%, chorvachilik mahsulotlarining 90,8% dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirildi.

Jami qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2 541 ta ga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 15%ni tashkil etdi.

Xo‘jaqulov Ulug‘bek
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar